Rasman. Samvel Babayan Andijon bosh murabbiyi
Yangi mavsumda o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'yayotgan “Andijon” jamoasi bosh murabbiy masalasini hal qildi.
O'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan tajribali mutaxassis Samvel Babayan “Andijon” bosh murabbiyi etib tayinlandi.
"Ma'lumot uchun: Samvel Vyacheslavovich 1971 yilning 19 may sanasida Toshkentda tavallud topgan. Babayan faoliyati davomida “Paxtakor”, “Navbahor”, “Spartak” (Latviya), “Lokomotiv”, “Chanchun Yatay” (Xitoy) kabi klublarni boshqargan. Shuningdek, O'zbekiston milliy terma jamoasiga ham ustozlik qilgan.
Faoliyati davomida koʼplab muvaffaqiyatlarga erishgan. Samvel Babayan bosh murabbiy va klub rahbari sifatida “Paxtakor” bilan 9 karra O'zbekiston chempioni, 8 marta O'zbekiston Kubogi g'olibi, OCHLda 2 marta yarim final ishtirokchisi, bir marta MDH kubogi g'olibi, Osiyoni eng yaxshi klubi, shuningdek, “Navbahor” bilan O'zbekiston chempioni boʼlgan, ikki marta O'zbekiston Kubogi g'olibligini qoʼlga kiritgan hamda OCHL 1\8 finalgacha yetib borgan.
Qolaversa, O'zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatiga chiqqan tarkibidan 11 nafar futbolchi va O'zbekiston olimpiya terma jamoamizning Olimpiada yo'llanmasi qo'lga kiritilgan tarkibidan 12 nafari aynan Babayanning shogirdlari hisoblanishadi. Samvel Vyacheslavovich boshqargan klublarida kuchli uchtalikdan pastga tushmagan.
“Andijon” jamoamizning yangi bosh murabbiyiga aylangan Samvel Babayan o'zining boy tajribasi hamda bilimi bilan “Burgutlar”ni yangi cho'qqiga olib chiqishiga tilakdoshmiz.
Samvel Vyacheslavovich, “Andijon” jamoamizga xush kelibsiz!",-deb yoziladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.