locale OZ

Rasman: Ruy Patrisiu 37 yoshli futbolchilik faoliyatini yakunladi

Portugaliyalik darvozabonning soʻngi klubi BAAning «Al Ayn» jamoasi boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Ruyi Patrisiu 37 yoshli futbolchilik faoliyatini yakunladi
FOTO: Getty Images

37 yoshli sobiq Portugaliya milliy jamoasi darvozaboni Ruyi Patrisiu faoliyatini yakunladi. Bu haqda A Bola nashri Portugaliya futbol federatsiyasiga tayanib xabar berdi. Futbolchining rasmiy kuzatuv marosimi 12 dekabr kuni boʻlib oʻtadi.

Patrisiu — «Sporting» klubi tarbiyalanuvchisi. U 2006–2018 yillarda klubning asosiy jamoasida toʻp surgan, shundan soʻng «Vulverxempton» safini qo‘shilgan. 2021–2024 yillar oraligʻida darvozabon «Roma» jamoasida oʻynadi. Keyinchalik «Atalanta»ga koʻchib oʻtgan, uning so‘nggi klubi esa BAAning «Al Ayn» jamoasi boʻldi.

Portugaliya milliy jamoasi safida Ruyi Patrisiu 108 ta oʻyinda ishtirok etib, 2016 yilgi Yevropa chempionati hamda 2019 yilgi Millatlar ligasi gʻolibi boʻlgan. «Roma» bilan esa 2021/22 yilgi mavsumda Konferensiyalar Ligasida chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting