locale OZ

Rasman! Ruben Amorim «Milan» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Portugaliyalik mutaxassis avvalroq «MYU»dan isteʼfoga chiqqandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Ruben Amorim «Milan» bosh murabbiyi etib tayinlandi
FOTO: Getty Images

Portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim «Milan» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda «rossonerilar» matbuot xizmati xabar berdi.

«Biz Rubenni yillar davomida kuzatib keldik, uning «Sporting»dagi faoliyati bizda juda katta taassurot qoldirdi va biz qidirayotgan oʻyin uslubini aks ettiradi. U yangi Yevropa avlodining eng yaxshi tayyorgarlikka ega va novator murabbiylaridan biridir — yosh, shuhratparast hamda toʻpga egalik qilish orqali ustunlikka erishish, zamonaviy pressing tizimi va aniq taktik yondashuv bilan ajralib turadigan zamonaviy futbol uslubiga ega», — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Amorim muqaddam «Manchester Yunayted» klubini boshqargan va uni 2026-yilning 5-janvarida tark etgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting