locale OZ

Rasman: Ronaldinyo Italiyaning «Ravenna» klubi bilan shartnoma imzoladi

Braziliyalik afsona klub brendining reklama va xayriya loyihalarida ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Ronaldinyo Italiyaning «Ravenna» klubi bilan shartnoma imzoladi
FOTO: Getty Images

Braziliyalik afsona Ronaldinyo Italiyaning “Ravenna” klubi bilan shartnoma imzoladi. C Seriyada ishtirok etuvchi klub rasmiy bayonot orqali sobiq Braziliya terma jamoasi futbolchisi bilan kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Yangi futbolchi taqdimoti AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq Ronaldinyo “Ravenna” safida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi, shuningdek, klub brendining reklama va xayriya loyihalarida ishtirok etishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ronaldinyo faoliyati davomida “Gremio”, “PSJ”, “Barselona”, “Milan”, “Flamengo”, “Atletiko Mineyro”, “Keretaro” va “Fluminense” kabi klublar sharafini himoya qilgan.

1999–2013-yillar davomida u Braziliya terma jamoasi safida ham to‘p tepgan. Ronaldinyo faoliyati davomida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, jumladan, “Oltin to‘p” sohibi ham hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting