locale OZ

Rasman: Romelu Lukaku kamtarona transfer evaziga Turkiya ligasiga yo‘l oldi

Istanbul grandi Lukaku transferi orqali hujum chizig‘ini kuchaytirib, yangi mavsumda Turkiya Superligasi va boshqa musobaqalarda chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Romelu Lukaku kamtarona transfer evaziga Turkiya ligasiga yo‘l oldi
photo: gettyimages

Belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku faoliyatini Turkiyada davom ettiradi. Turkiyaning "Fenerbahche" klubi italiyaning "Napoli" jamoasidan 33 yoshli forvard transfer qilinganini rasman e'lon qildi.

Istanbul grandi Lukaku transferi orqali hujum chizig‘ini kuchaytirib, yangi mavsumda Turkiya Superligasi va boshqa musobaqalarda chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan.

Transfer tafsilotlari oshkor etilmagan bo‘lsa-da, xorij OAVlari ushbu kelishuv nisbatan kam mablag‘ evaziga amalga oshirilganini ta'kidlamoqda.

Lukaku faoliyati davomida "Anderlext", "Chelsi", "Everton", "Manchester Yunayted", "Inter", "Roma" va "Napoli" kabi klublarda to‘p surgan. Shuningdek, u Belgiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting