Rasman: “Roma” Marten de Ronni 1 million yevroga sotib oldi
De Ron “Roma” bilan 2028-yilning iyunigacha mo‘ljallangan ikki yillik shartnoma imzoladi va yangi jamoasida 15-raqam ostida to‘p suradi.
Foto: Getty Images
“Roma” “Atalanta” yarim himoyachisi Marten de Ronni o‘z safiga qo‘shdi. Rim klubi 35 yoshli niderlandiyalik futbolchining transferini rasman e’lon qildi.
Transfer summasi 1 million yevroni tashkil etdi. De Ron “Roma” bilan 2028-yilning iyunigacha mo‘ljallangan ikki yillik shartnoma imzoladi va yangi jamoasida 15-raqam ostida to‘p suradi.
Tajribali yarim himoyachi “Atalanta” safida jami 445 ta uchrashuv o‘tkazib, 23 ta gol urgan. Shuningdek, u Niderlandiya terma jamoasi tarkibida 44 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Ma’lumot uchun, de Ron “Roma”da yana Jan Pyero Gasperini qo‘l ostida ishlaydi. Ular avval “Atalanta”da uzoq yillar birga faoliyat olib borgan.