locale OZ

Rasman: «Roma» «Aston Villa» hujumchisini ijaraga oldi

Niderlandiyalik futbolchi rimliklar safida 14-raqamda oʻynaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Roma» «Aston Villa» hujumchisini ijaraga oldi
FOTO: Getty Images

«Roma» klubi rasmiy sayti orqali «Aston Villa» hujumchisi Doniyell Malen bilan ijaraga shartnoma tuzganini e’lon qildi. Shartnomada sotib olish opsiyasi mavjud, biroq moliyaviy tafsilotlar oshkor etilmagan. Niderlandiyalik futbolchi «Roma» safida 14-raqam ostida to‘p suradi.

«Rimga xush kelibsiz, Doniyell!» — deya klub matbuot xizmati futbolchini qarshi oldi.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli hujumchi avval PSV, Dortmundning «Borussiya» va «Aston Villa» klublarida o‘ynagan. Ushbu jamoalarda jami 294 ta o‘yinda maydonga tushib, 104 ta gol urgan.

Shuningdek, Doniyell Malen Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi. Milliy jamoa safida u 49 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ta gol muallifi bo‘lgan. Futbolchi terma jamoa bilan bir nechta yirik turnirlarda — Yevro-2020 va Yevro-2024 musobaqalarida ishtirok etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting