locale OZ

Rasman: Roberto Manchini Qatarning «Al-Sadd» klubidan ketdi

Italiyalik mutaxassis 2025-yilning noyabr oyidan beri qatarliklarni boshqarib kelayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Roberto Manchini Qatarning «Al-Sadd» klubidan ketdi
FOTO: Getty Images

Italiyalik murabbiy Roberto Manchini Qatarning «Al-Sadd» klubini tark etdi. Bu haqda jamoaning X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilindi.

«Ulkan miqdordagi ajoyib xotiralarga boy, kichik, ammo shunday mazmunli davr. Rahmat, Roberto Manchini, kun kelib bu tarix yana davom etadi deb umid qilamiz. Yoʻlingizning keyingi bosqichida sizga barcha ezguliklarni tilaymiz, yana koʻrishguncha!» — deyiladi Qatar klubi xabarida.

Eslatib oʻtamiz, Manchini 2025-yilning noyabr oyida «Al-Sadd» boshqaruviga kelgan edi va yakunlangan mavsumda jamoani chempionlikka yetaklab keldi. Mutaxassisning murabbiylik faoliyatida, bir qator klublardan tashqari, Italiya milliy terma jamoasi ham bor boʻlib, uning qoʻl ostida skudra adzurra Yevro-2020 musobaqasida gʻolib chiqqan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting