Rasman: Roberto Manchini — «Al Sadd» bosh murabbiyi
Tomonlar oʻrtasida 2,5 yillik shartnoma imzolandi.
FOTO: Getty Images
Italyalik mutaxassisi Roberto Manchini Qatarning «Al Sadd» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
«Roberto Manchini «Al Sadd» bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi», — deyiladi klub bayonotida.
Hozirda «Al Sadd» Qatar chempionati jadvalida oltinchi o‘rinda turibdi va 9 ta o‘yindan so‘ng 14 ochko to‘plagan. Raqiblar orasida «Al Garafa» 22 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
60 yoshli Manchinining oxirgi ish joyi Saudiya Arabistoni milliy jamoasi bo‘lgan. U avval Italiya terma jamoasi, «Inter» (Italiya), «Galatasaray» (Turkiya), «Manchester Siti» (Angliya) va boshqa klublarni boshqargan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist