locale OZ

Rasman: Roberto Donadoni — «Spetsiya» bosh murabbiyi

Tomonlar oʻrtasida mavsum oxiriga qadar moʻljallangan shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Roberto Donadoni — «Spetsiya» bosh murabbiyi
FOTO: Getty Images

Italiya milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Roberto Donadoni faoliyatini «Spetsiya»da davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.

Manbaga koʻra, tomonlar oʻrtasida 2026 yilning yoziga qadar moʻljallangan shartnoma imzolangan.

Hozirda «Spetsiya» B Seriya turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda. Klub tarixidagi eng katta yutuqlardan biri — 1943/44 yilgi mavsumda Italiya chempionligini qoʻlga kiritganidir.

Maʼlumot uchun, Donadoni ilgari «Jenoa», «Liverno», «Napoli», «Kalyari», «Parma», «Bolonya» va boshqa bir qator jamoalarda ishlagan. Shuningdek, u 2006—2008 yillar oraligʻida Italiya milliy jamoasini boshqargan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting