Rasman: Robbi Kin «Ferensvarosh»ni tark etadi
Irlandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Robbi Kin Vengriyaning «Ferencsarosh» klubi bosh murabbiyligidan ketadi. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Kin hozirda Martin O'Nil boshqarayotgan Shotlandiyaning «Seltik» klubi bosh murabbiyligi uchun asosiy daʼvogarlardan biri boʻlib turibdi. Shuningdek, unga Slovakiya mudofasidagi «Slovan» jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.
Maʼlumot uchun, Robbi Kin «Ferensvarosh» klubini 2025 yilning yanvar oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qoʻl ostida jamoa Vengriya chempioni va mamlakat Kubogi sohibiga aylangan.
Yakunlangan mavsumda esa jamoa Vengriya chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Murabbiy bundan oldin Hindistonning «ATK» va Isroilning «Makkabi Tel-Aviv» klublarida ham ishlagan.