locale OZ

Rasman: Reshfordning «Nyukasl» darvozasiga urgan goli Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining eng chiroylisi deb topildi

Trubinning «Real»ga urgan goli esa ikkinchi oʻringa loyiq koʻrildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Reshfordning «Nyukasl» darvozasiga urgan goli Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining eng chiroylisi deb topildi
FOTO: Getty Images

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) o‘z rasmiy saytida Chempionlar Ligasining umumiy bosqichidagi eng yaxshi gol bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish natijalarini e’lon qildi. Unda «Barselona» hujumchisi Markus Reshfordning 1-tur doirasida «Nyukasl»ga qarshi bahsda (2:1) kiritgan ikkinchi goli g‘olib deb topildi.

E’tiborli jihati, muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada ikkinchi o‘rinni «Benfika» darvozaboni Anatoliy Trubinning Madridning «Real» klubi darvozasiga (4:2) yo‘llagan zarbasi egalladi. Aynan ushbu gol evaziga Portugaliya klubi Chempionlar Ligasining pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi. Qiziqarli tomoni, qur’a natijasiga ko‘ra, «Benfika» o‘tish o‘yinlarida yana «qaymoqranglilar» bilan to‘qnash keladi. Ushbu bahslar 17 va 25 fevral kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Kuchli uchlikka «Olimpiakos» futbolchisi Shikinyuning «Real» bilan kechgan dramatik bahsdagi (3:4) goli yakun yasadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting