Rasman: «Real Madrid» Valverde va Tchuameniga nisbatan intizomiy ish ochdi
Madridning «Real» klubi bugun ertalab jamoa yarimhimoyachilari Federiko Valverde va Orelyen Tchuameni o‘rtasida yuz bergan mushtlashuv yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
«“Real Madrid” futbol klubi bugun ertalab asosiy jamoaning mashg‘ulotida yuz bergan voqealar munosabati bilan futbolchilarimiz Federiko Valverde va Aurelian Tchuameniga nisbatan intizomiy surishtiruv boshlash haqida qaror qabul qilinganini e’lon qiladi.
Klub barcha ichki tartib-taomillar yakunlangach, har ikkala holat bo‘yicha ko‘rilgan chora natijalarini belgilangan muddatda ma’lum qiladi», — deyiladi «qirollik klubi» xabarida.
Avvalroq bir qator OAVda mashg‘ulotdan so‘ng jamoa kiyinish xonasida Valverde va Tchuameni o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu nizo natijasida urugvaylik futbolchi polga yiqilib, boshi bilan stolga urilgan. Oqibatda, Valverde jarohat (miya chayqalishi va kalla-suyak yorilishi) olib, shifoxonaga yuborilgan.
Ta’kidlanishicha, o‘yinchilar o‘rtasidagi qarama-qarshilik chorshanba kuni, 6 maydagi mashg‘ulotda boshlangan, biroq o‘shanda vaziyat mushtlashuvgacha yetib bormagan edi.