locale OZ

Rasman: «Real» Ferlan Mendi jarohat olganini eʼlon qildi

Bu fransiyalik himoyachining madridliklar safidagi 20-jarohati hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Real» Ferlan Mendi jarohat olganini eʼlon qildi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi rasmiy sayti orqali chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi jarohat olganini ma’lum qildi.

«Klub tibbiyot xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Ferlan Mendida o‘ng oyoq son ikki boshli mushagining jarohati aniqlandi. Biz futbolchining holati va tiklanish jarayonini nazorat qilib boramiz», — deyiladi klub bayonotida.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur holat fransiyalik himoyachining «Real» safidagi 20-jarohati hisoblanadi.

Joriy mavsumda Mendi barcha turnirlar doirasida 5 ta o‘yinda maydonga tushgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting