locale OZ

Rasman! Raul “Real Madrid”ni tark etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Raul “Real Madrid”ni tark etdi
FОТО: IMAGO

Madridning “Real” klubi matbuot xizmati jamoaning sobiq futbolchisi Raul yoshlar jamoasi murabbiyligidan ketganini e'lon qildi.

“Real” uchun klub va jahon futboli tarixida eng buyuk afsonalardan biriga bizning yoshlar murabbiyi sifatida ega bo'lish g'urur bag'ishladi. Raul “Real”ning barcha qadriyatlarining yorqin namunasidir.

U yosh futbolchilarga murabbiy sifatida juda katta yordam berdi. Raul barcha muxlislarimiz qalbida abadiy qoladi va “Real Madrid” doimo uning uyi bo'lib qoladi.

Raul va uning oilasiga hayotidagi yangi bosqichda eng yaxshi tilaklarimizni tilab qolamiz”, - deyiladi klub bayonotida.

Ma'lumot uchun, hozirda ispaniyalik mutaxassis faoliyatini qayerda davom ettirishi noma'lum bo'lib qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting