locale OZ

Rasman: Rafael Benites «Panatinaikos»ni tark etdi

Tajribali mutaxassis jamoani 2025 yilning oktyabr oyida qabul qilib olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Rafael Benites «Panatinaikos»ni tark etdi
FOTO: Getty Images

Gretsiyaning «Panatinaikos» klubi bosh murabbiy Rafael Benites isteʼfoga chiqarilganini eʼlon qildi. Ispaniyalik tajribali mutaxassis jamoani 2025 yilning oktyabr oyida qabul qilib olgandi.

«Hammasi uchun rahmat, Mister. Kelgusi faoliyatingizda omad tilaymiz», — deyiladi Gretsiya klubining X ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida.

Yakunlangan mavsum natijalariga koʻra, «Panatinaikos» Gretsiya chempionati turnir jadvalida 52 ochko bilan 4-oʻrinni egalladi va chempion boʻlgan «AEK»dan naqd 20 ochko ortda qolib ketdi.

Maʼlumot uchun, 66 yoshli Benites oʻz faoliyati davomida «Valensiya» bilan ikki marta Ispaniya chempionligi va UEFA Kubogini yutgan. Shuningdek, u 2004–2010 yillarda «Liverpul»ni boshqarib, 2004/2005 yilgi mavsumda afsonaviy tarzda YChL gʻolibiga aylangan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting