locale OZ

Rasman: Radamel Falkao «Millonarios»ga qaytdi

Kolumbiyalik futbolchi erkin agent sifatida sobiq jamoasi safiga qoʻshildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Radamel Falkao «Millonarios»ga qaytdi
FOTO: Getty Images

Kolumbiyalik hujumchi Radamel Falkao yana «Millonarios» klubiga qaytdi. Bu haqda Kolumbiya Primerasi ishtirokchisi bo‘lgan klubning rasmiy sayti xabar berdi.

Falkao avval ham ushbu jamoa safida 2024 yil yanvaridan 2025 yil iyuligacha to‘p surgan edi. Shundan so‘ng u shartnomasini uzaytirmay, erkin agent maqomida bo‘lib turgan, endilikda esa yana oq-ko‘klar safiga qaytdi.

«Millonarios» tarkibida u jami 29 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol muallifiga aylangan.

Shuningdek, Radamel Falkao faoliyati davomida «River Pleyt», «Portu», «Atletiko», «Monako», «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Galatasaroy» va «Rayo Valyekano» klublarida ham to‘p surgan. 2007 yildan 2023 yilgacha u Kolumbiya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting