locale OZ

Rasman: «PSJ» Ferran Torres transferini e'lon qildi

Torres yangi jamoasida 9-raqam ostida to'p tepadi.
Rasmiy: "PSJ" Ferran Torres transferini e'lon qildi
ФОТО: Getty images

Ispaniyalik hujumchi Ferran Torres "PSJ" futbolchisiga aylandi. Bu haqda parijliklar rasmiy sayti xabar berdi. 26 yoshli forvard bilan shartnoma 2031 yil yozigacha mo'ljallangan. Torres yangi jamoasida 9-raqam ostida to'p tepadi.

Ma'lumot o'rnida, Ferran 2022 yil yozidan "Barselona" sharafini himoya qilib kelayotgandi. U kataloniyaliklar safida 207 ta o'yin o'tkazib, 65 ta gol urdi va 23 ta assist amalga oshirdi.

Bunga qadar hujumchi "Manchester Siti" va "Valensiya" klublarida ham to'p tepgan. Transfermarkt portali hozirda futbolchining narxini 55 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting