Rasman: «Portu» muddatidan avval Portugaliya chempionligini qoʻlga kiritdi
Portugaliya Primeirasining 32-turidan o‘rin olgan «Portu» va «Alverka» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Portu shahridagi «Dragau» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «ajdarlar» 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
David Silva bosh hakamlik qilgan ushbu uchrashuvdagi yagona gol 40-daqiqada Yan Bednarek tomonidan kiritildi.
Ushbu g‘alaba «Portu»ga muddatidan oldin Portugaliya chempionligini taqdim etdi. Bu klub tarixidagi 31-chempionlik unvonidir.
«Ajdarlar» 32 o‘yindan so‘ng 85 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqdalar. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Benfika» hisobida ham 32 ta o‘yin bor, biroq 76 ochko bilan ular yetakchini quvib o‘tish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi. «Alverka» esa 38 ochko bilan turnir jadvalining 9-pog‘onasida bormoqda.