Rasman: Pochetino AQSH terma jamoasi bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi
AQSH futbol federatsiyasi (USSF) mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochetino bilan tuzilgan shartnomani uzaytirganini rasman e'lon qildi.
Federatsiya matbuot xizmati ma'lum qilishicha, yangi mehnat shartnomasiga ko'ra, argentinalik mutaxassis 2030 yilning oxirigacha AQSH milliy terma jamoasini boshqaradi.
«So'nggi ikki yil davomida AQSH futbol federatsiyasi bilan hamkorligimiz jarayonida erkaklar milliy terma jamoasi dasturini yanada rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligiga ishonch hosil qildik. Jahon chempionati davomida muxlislardan his qilgan qo‘llab-quvvatlov bu yerda qanday ulkan imkoniyatlar borligiga bo‘lgan ishonchimizni yana-da mustahkamladi.
Federatsiya faoliyatining yana-da ko‘proq yo‘nalishlarida o‘z tajribamiz va bilimlarimizni qo‘llash imkoniyatidan mamnunmiz. Biz futbolchilar, murabbiylar va terma jamoalar rivojiga hissa qo‘shishni istaymiz. Shuningdek, bizni juda samimiy qabul qilgan ushbu mamlakat futboliga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishni maqsad qilganmiz. Bu ta’sir faqat maydondagi natijalar bilan cheklanib qolmasligi kerak», — dedi Pochetino.
Ma’lumot uchun, Maurisio Pochetino 2024 yilning sentabr oyidan buyon AQSH milliy terma jamoasini boshqarib kelmoqda.