locale OZ

Rasman: Pikford «Everton» bilan shartnomasini uzaytirdi

Tomonlar oʻrtasida 2029 yilga qadar moʻljallangan yangi bitim tuzildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Pikford «Everton» bilan shartnomasini uzaytirdi
FOTO: Getty Images

Angliya milliy jamoasi va «Everton» darvozaboni Jordan Pikford mersisaydliklar bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.

Manbaga koʻra, tomonlar oʻrtasida 2029 yilga qadar moʻljallangan yangi bitim tuzilgan.

«Juda xursandman. Bu men uchun katta sharaf. Men oʻzimni osmonda yurgandek his qilyapman. Bu menga klub tarixida oʻz izimni qoldirish, oldinga intilish va «Everton»ni yanada kuchliroq jamoaga aylantirish imkonini beradi», — dedi Pikford.

Ma'lumot uchun, Jordan Pikford «Everton» safida 326 ta oʻyin oʻtkazgan. Bu koʻrsatkich britaniyalik darvozabonlar orasida klub tarixidagi rekord hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting