locale OZ

Rasman: Pellegrini «Betis» bilan shartnomasini uzaytirdi

Tomonlar oʻrtasida yana bir mavsumga moʻljallangan bitim tuzildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Pellegrini «Betis» bilan shartnomasini uzaytirdi
FOTO: Getty Images

«Betis» bosh murabbiyi Manuel Pellegrini klub bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirdi. Bu haqda andalusiyaliklar matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.

72 yoshli chiliyalik mutaxassis Sevilyada o‘zini juda qulay his qilmoqda va jamoani 2027 yil iyunigacha boshqaradi.

Pellegrini «Betis»ga 2020 yil yozida kelgan. Uning rahbarligi ostida klub 2022 yilda Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi va ketma-ket beshta Yevropa musobaqasida ishtirok etdi, jumladan, 2024/2025 mavsumida tarixiy UEFA Konferensiyalar Ligasining finaliga chiqdi.

Manuel Pellegrini — «Betis»ning Ispaniya chempionatlari va Yevropa turnirlarida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiyi hamda jamoani boshqarishda eng ko‘p g‘alabaga erishgan rekordchi murabbiy hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting