Rasman: Payet faoliyatini yakunladi
Futbolchi jamoasiz qolgandi.
ФОТО: Getty images
Fransiyalik yarim himoyachi Dimitri Payet professional futbol faoliyatini tugatayotganini e'lon qildi.
38 yoshli futbolchi Braziliyaning "Vasco da Gama" jamoasida o'ynaganidan so'ng 9 oy davomida klubsiz yurdi. U butsalari bilan xayrlashayotganini "Marsel" va "Lill" o'rtasidagi Liga 1 uchrashuvining tanaffusida rasman ma'lum qildi.
"Men barchangizga rahmat aytmoqchiman — men bilan bu 20 yilni o'tkazgan har bir insonga. Bu men uchun alohida ahamiyatga ega edi.
Men oroldanman va mening orzum professional futbolchi bo'lish edi. Men bu orzuni ro'yobga chiqardim va 20 yil davomida eng yuqori darajada o'ynadim. Milliy terma jamoa sha'nini ham himoya qildim va bugun ajoyib yo'l nihoyasiga yetmoqda", – dedi Payet.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist