locale OZ

Rasman: Paolo Vanoli «Fiorentina»ni tark etdi

«Binafsharanglilar» oʻtgan mavsumni A Seriyada 15-o‘rinda yakunladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Paolo Vanoli «Fiorentina»ni tark etdi
FOTO: Getty Images

«Fiorentina» klubi rasmiy sayti orqali Paolo Vanoli jamoa bosh murabbiyligi lavozimidan ketganini e’lon qildi.

«Men shaxsan Paolo Vanoli va uning butun shtabiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular jamoa oxirgi o‘rinda borayotgan va hali biror marta ham g‘alaba qozonmagan o‘ta og‘ir davrda kelishdi. Jamoani oyoqqa turgizish uchun ularda yetarlicha kuch, fidoyilik va jasorat topila oldi.

Ular jamoaga ishonch, ahillik va jipslikni qaytarishdi hamda “Fiorentina”ni A Seriya tarixida hech bir jamoa chiqib keta olmagan og‘ir inqirozli vaziyatdan olib chiqib ketishdi. Paologa va uning jamoasiga bo‘lgan minnatdorchiligim, hurmatim hamda kelgusi faoliyatidagi eng ezgu tilaklarim abadiy qoladi», — deya klub prezidenti Juzeppe Komissoning so‘zlarini keltirmoqda «binafsharanglilar» matbuot xizmati.

Yakunlangan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Fiorentina» A Seriya turnir jadvalida 15-o‘rinni egalladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting