locale OZ

Rasman: Otabek Shukurov faoliyatini Serbiyada davom ettiradi

Futbolchining yangi jamoasidagi debyuti xalqaro tanaffusdan keyin bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Rasman: Otabek Shukurov faoliyatini Serbiyada davom ettiradi
Foto: Getty Images

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Serbiya Superligasida davom ettiradi. “Radnik Surdulitsa” klubi 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qilib, Shukurovni jamoaning yangi futbolchisi sifatida tanishtirdi.

Shukurov yangi klubiga erkin agent maqomida qo‘shildi. Futbolchining yangi jamoasidagi debyuti xalqaro tanaffusdan keyin bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

O‘zbekistonlik futbolchining so‘nggi jamoasi BAA'ning “Baniyas” klubi bo‘lgan. U 2025/26-yilgi mavsumdan so‘ng klubni tark etib, 1-iyuldan buyon erkin agent maqomida edi. Shukurov bungacha “Sharja”, “Fotih Karagyumruk”, “Kaysarispor” va “Al-Fayha” kabi xorij klublarida ham faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, “Radnik Surdulitsa” Serbiya Superligasining joriy mavsumida dastlabki 10 turdan so‘ng 14 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 7-pog‘onasida bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting