Rasman: Oskar Bobb — «Fulhem» futbolchisi
Londonning «Fulxem» klubi o‘zining rasmiy saytida «Manchester Siti» vingeri Oskar Bobb bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
Norvegiya terma jamoasining 22 yoshli iqtidori London klubi bilan 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli bitimga imzo chekdi. Transferning moliyaviy tafsilotlari ochiqlanmagan bo‘lsa-da, nufuzli nashrlar (Sky Sports, The Guardian) bu kelishuv 27 million funt evaziga amalga oshganini xabar qilmoqda.
Shuningdek, «shaharliklar» futbolchining keyingi sotuvidan 20% ulush olish huquqini ham saqlab qolgan.
Oskar Bobb yangi jamoasida 14-raqamli libosda to‘p suradigan bo‘ldi. Futbolchining o‘zi ushbu transfer haqida shunday dedi:
«Bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Murabbiy bilan gaplashdim, u menga o‘yin tizimi qandayligini tushuntirib berdi. Bu men uchun oson qaror bo‘ldi».
Joriy mavsumda Bobb «Manchester Siti» safida jami 15 ta o‘yinda (APLda 9 ta) maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan edi.