Rasman. Ortega – «Nottinghem Forest» futbolchisi
33 yoshli futbolchi "o'rmonchilar" bilan 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.
Фото: Ноттингем Форест
"Nottinghem Forest" "Manchester Siti" darvozaboni Shtefan Ortegani o'z safiga qo'shib oldi.
Qayd etilishicha, 33 yoshli futbolchi "o'rmonchilar" bilan 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.
Jurnalist Ben Jeykobsning so'zlariga ko'ra, bu bepul transfer bo'lib, bonuslar hisobiga summa 500 ming funtgacha ko'tarilishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Ortega 2022 yildan beri "Siti"da o'ynab, klub bilan 7 ta sovrin, jumladan, APL va Chempionlar Ligasini qo'lga kiritgan. Bu mavsumda u birorta ham o'yinda maydonga tushmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist