Rasman: Olli Uotkins “Al-Hilol”ga o‘tdi
Angliya terma jamoasi hujumchisi Olli Uotkins “Aston Villa”ni tark etdi.
Foto: Getty Images
Angliya terma jamoasi hujumchisi Olli Uotkins “Aston Villa”ni tark etib, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Birmingem klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq OAVda “Aston Villa” 30 yoshli hujumchining transferidan taxminan 60 million yevro ishlab olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Uotkins o‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasida “Aston Villa” safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, “Al-Hilol” ayni paytda Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist