locale OZ

Rasman: OFK BAA va Qatarda boʻlib oʻtadigan Osiyo Chempionlar Ligasi oʻyinlarini keyinga qoldirdi

Ushbu qarorga Eron, AQSh va Isroil oʻrtasidagi harbiy mojarolarning keskinlashuvi sabab boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: OFK BAA va Qatarda boʻlib oʻtadigan Osiyo Chempionlar Ligasi oʻyinlarini keyinga qoldirdi
FОТО: AFC.com

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) mintaqaviy Chempionlar Ligasining Abu-Dabi, Dubay (BAA) va Doha (Qatar) shaharlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bahslari qoldirilganini rasman e’lon qildi.

Ushbu qarorga Eron, AQSh va Isroil o‘rtasidagi harbiy mojarolarning keskinlashuvi sabab bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, Eron tomonidan yo‘llanayotgan zarbalar Amerika harbiy bazalari joylashgan qo‘shni davlatlar hududlariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

«OFK ushbu tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi hamda barcha o‘yinchilar, jamoalar, rasmiy shaxslar va muxlislar xavfsizligini ta’minlash masalasida qat’iy pozitsiyada qoladi», — deyiladi konfederatsiya bayonotida.

Dastlabki rejaga ko‘ra, uchrashuvlar 2 va 3 mart kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. O‘yinlarning yangi sanalari yoki o‘tkazilish joylari hozircha noma’lum — OFK bu borada vaziyat tahlilidan kelib chiqib qo‘shimcha ma’lumot berishini bildirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting