locale OZ

Rasman: «Nottingem Forest» Postekogluni isteʼfoga chiqardi

60 yoshli mutaxassis sentyabr oyida «o‘rmonchilar» boshqaruviga kelgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Nottingem Forest» Postekogluni isteʼfoga chiqardi
FOTO: Getty Images

«Nottingem Forest» jamoa bosh murabbiyi Anjelos Postekogluni isteʼfoga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.

Manbaga koʻra, rahbariyatning bunday qarorga kelishiga jamoaning soʻnggi o'yinlardagi ketma-ket salbiy natijalari sabab boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, 60 yoshli mutaxassis sentyabr oyida «o‘rmonchilar» bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Postekoglu boshqaruvida «Nottingem Forest» jami 8 ta oʻyin oʻtkazib, 6 marta magʻlubiyatga uchradi va 2 ta uchrashuvda durang natija qayd etdi.

Maʼlumot uchun, APLning 8-turidan soʻng «Nottingem Forest» 5 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida 17-o'rinda bormoqda. Jamoaning xavfli zonadan atigi 1 ochko ajratib turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting