locale OZ

Rasman: «Napoli» Alisson Santosning transferini e’lon qildi

Futbolchi bungacha Italiya klubida ijarada toʻp surayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Napoli» Alisson Santosning transferini e’lon qildi
FOTO: Getty Images

«Napoli» klubi rasmiy sayti orqali «Sporting»dan vinger Alisson Santosning transfer huquqini to‘liq sotib olganini e’lon qildi. Braziliyalik futbolchi bundan avval Italiya klubi safida ijra asosida to‘p surayotgan edi.

Santos neapolliklar tarkibiga fevral oyida kelib qo‘shilgan bo‘lib, jamoa safida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urishga erishdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda vingerning bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi. Futbolchi Braziliyaning «Vitoriya» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Santos «Sporting» safida 2025 yilning yozidan buyon o‘ynab kelayotgan edi, shuningdek, u faoliyati davomida «Leyriya» va boshqa jamoalarda ham harakat qilgan.

Ortda qolgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Napoli» 76 ochko jamg‘argan holda A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi, 87 ochko to‘plagan «Inter» esa chempionlikka erishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting