Rasman: Muhammad Uahbi — Marokash bosh murabbiyi
Marokash Qirollik futbol federatsiyasi erkaklar milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi nomini e’lon qildi. Bu lavozimga avval mamlakat yoshlar terma jamoalarini boshqargan 49 yoshli Muhammad Uaxbi tayinlandi. Eslatib o‘tamiz, Marokash terma jamoasi JCH-2026 turnirida ishtirok etadi.
«Ushbu tayinlov shunchaki o‘zgarish emas, balki strategik yondashuvdir. Bizning maqsadimiz aniq yo‘l xaritasi orqali Marokash futbolini doimiy ravishda rivojlantirishdir. Janob Muhammad Uaxbining tayinlanishi va yuqori saviyadagi mutaxassislarning jalb etilishi tufayli biz har kuni o‘z standartlarimizni oshirib bormoqdamiz.
«Marokash-2030» — bu biz uchun rag‘batlantiruvchi ufqdir. Maqsadimiz dunyoning eng kuchli jamoalari orasida o‘z o‘rnimizni mustahkamlash va shu yilning yozidan 2030 yilgacha kutilgan natijalarga erishishdir», — deya Marokash Qirollik futbol federatsiyasi prezidenti Fauzi Lekyaning so‘zlarini keltiradi tashkilot rasmiy sayti.
Maʼlumot oʻrnida, Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini Valid Regragi tark etdi.