Rasman: Muhammad Saloh “Trabzonspor” futbolchisiga aylandi!
Saloh yangi jamoasida mavsumiga 17 million yevro maosh oladi.
Foto: Getty Images
Misrlik yulduz Muhammad Saloh faoliyatini Turkiyada davom ettiradi. 34 yoshli futbolchi “Trabzonspor” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi kelishuv rasman e'lon qilindi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Saloh yangi jamoasida mavsumiga 17 million yevro maosh oladi. Shuningdek, shartnomaga bonuslar va uning nomi tushirilgan mahsulotlar savdosidan ulush olish bandi ham kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad Saloh yozda “Liverpul”ni erkin agent sifatida tark etgan edi. U mersisaydliklar safida 9 yil davomida 442 ta uchrashuvda maydonga tushib, 257 ta gol urdi hamda klub bilan Angliya Premyer-ligasi va UEFA Chempionlar ligasi bosh sovrinlarini qo‘lga kiritgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist