Rasman! Muhammad Saloh APL'da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh APL'da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Premyer-liga matbuot xizmati xabar berdi.
2024/2025-yilgi mavsumda 32 yoshli futbolchi Angliya chempionatining 37 ta o'yinida maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma'lumot uchun, Saloh 2017-yildan buyon mersisaydliklar safida to'p surmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 400 ta o'yin o'tkazib, 244 ta gol urgan va 113 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Salohning “Liverpul” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist