locale OZ

Rasman: «Monza» A Seriyaga qaytdi

«Katandzaro» gʻalaba qozongan boʻlsa-da, elita yoʻllanmasidan quruq qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman:  «Monza» A Seriyaga qaytdi
FOTO: Getty Images

Italiya A Seriyasiga yoʻllanma beruvchi pley-off bosqichining javob uchrashuvi yakunlandi. Unda «Monza» va «Katandzaro» jamoalari oʻzaro bahs olib borishdi. «Yu-Pauer» stadionida kechgan uchrashuvda «Katandzaro» 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Jamoalarning dastlabki oʻyinida aynan shunday hisob bilan «Monza» raqibidan ustun kelgan edi.

Ikki oʻyin natijasiga koʻra hisob teng (2:2) boʻlgan boʻlsa-da, Italiya chempionatining yuqori divizioniga «byankorossi» (Monza) yoʻl oldi.

Reglamentga koʻra, pley-offda kuchlar teng kelsa, Seriya B muntazam mavsumini yuqoriroq oʻrinda yakunlagan jamoa afzallikka ega boʻladi. Yakunlangan mavsumda «Monza» 3-oʻrinni, «janubiy burgutlar» (Katandzaro) esa 5-pogʻonani band etgan edi.

Uchrashuvning 39-daqiqasida Felipe Jek hisobni ochgan boʻlsa, 78-daqiqada Rujero Frozinini mehmorlarning ikkinchi golini kiritib, ustunlikni mustahkamladi. Biroq bu gʻalaba «Katandzaro»ga elita yoʻllanmasini taqdim etmadi.

Eslatib oʻtamiz, pley-offning oʻtgan bosqichida «Monza» «Yuve Stabia» toʻsigʻidan oʻtgan edi (2:2, 2:1). Eʼtiborli jihati, «byankorossi» Seriya Bga tushib ketganidan soʻng, bor-yoʻgʻi bir yil oʻtib yana Italiya elitasiga qaytishga muvaffaq boʻldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting