Rasman: \"Monako\" Ansu Fatini to‘liq sotib oldi
Fransiyaning "Monako" klubi ispaniyalik hujumchi Ansu Fati transferini rasman yakunladi. Klub futbolchini "Barselona"dan to‘liq sotib olganini e'lon qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, "Monako" ijara shartnomasida ko‘zda tutilgan 11 million yevrolik sotib olish bandini faollashtirgan. Shuningdek, "Barselona" futbolchining keyingi transferidan ma'lum foiz olish huquqini saqlab qolgan.
23 yoshli Ansu Fati o‘tgan mavsum "Monako" safida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib, barcha musobaqalarda 30 ta uchrashuvda 12 ta gol muallifiga aylandi. Uning muvaffaqiyatli o‘yini klub rahbariyatini transferni to‘liq rasmiylashtirishga undadi.
Shu tariqa, bir paytlar "Barselona"ning eng yorqin iste'dodlaridan biri sifatida e'tirof etilgan Ansu Fati faoliyatini endi rasman "Monako" safida davom ettiradi.