Rasman: «Milan» Salemakers bilan shartnomani uzaytirdi
Tomonlar oʻrtasida 2031 yilga qadar moʻljallangan yangi kelishuv imzolandi.
FOTO: Getty Images
«Milan» futbol klubi rasmiy sayti orqali belgiyalik yarimhimoyachi Aleksis Salemakers bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.
Yangi kelishuvga ko‘ra, futbolchining Italiya jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yoziga qadar amal qiladi.
Belgiyalik futbolchi «Milan» safida qariyb olti yildan beri to‘p surib kelmoqda. U 2020 yil yanvar oyida Belgiyaning «Anderlext» klubidan «rossonerilar» safiga kelib qo‘shilgan edi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Salemakersning hozirgi bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.
Bugungi kunga kelib, Aleksis Salemakers «Milan» libosida 159 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 18 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist