Rasman: «Milan» Massimiliano Allegrini ishdan boʻshatdi
«Milan» klubi bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan shartnomani bekor qildi. Shuningdek, klub bosh direktori Jorjo Furlani va sport direktori Igli Tare ham o‘z lavozimidan ozod etildi.
«Mavsumning katta qismida biz A Seriya turnir jadvalida dastlabki ikki o‘rinni egallab turdik va skudetto uchun kurashishga real imkoniyatimiz bor edi. Biroq mavsumning yakuniy qismi avvalgi o‘yinlarimizga umuman o‘xshamadi, kechagi so‘nggi turdagi alamli mag‘lubiyat esa mavsumni yaqqol muvaffaqiyatsizlikka aylantirdi.
Endi o‘zgarishlar va futbol operatsiyalarini har tomonlama qayta tashkil etish vaqti keldi. Bugundan boshlab biz bosh direktor Jorjo Furlani, sport direktori Igli Tare, bosh murabbiy Massimiliano Allegri va texnik direktor Jeffri Monkada bilan xayrlashamiz. Biz ularning har biriga «Milan»dagi mehnatlari ва sadoqatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz», — deyiladi klub matbuot xizmati bayonotida.
Italiya chempionatining 38 ta uchrashuvidan so‘ng «Milan» 70 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi va Chempionlar Ligasi zonasidan tashqarida qoldi.