Rasman: «Metallurg» faoliyati qayta tiklandi
Bekobod klubining faoliyati 2024 yilda to‘xtatilgan edi.
FOTO: UzbekistanFA
Bekobodning «Metallurg» futbol klubi faoliyati qayta tiklandi.
Mazkur klubning faoliyati 2024 yilda to‘xtatilgan edi. Oradan ikki yil o‘tib, «Metallurg» yana Pro Liga musobaqasida ishtirok etadi.
Shu munosabat bilan tadbir tashkil etildi. Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ham qatnashib,
«Metallurg oldingi mavqeyini yana tiklab, milliy terma jamoaga iqtidorli futbolchilarni tayyorlab berishida omad tilayman» — deb samimiy tilak bildirdi.
Shuningdek, klub rahbariyatida muhim tayinlovlar amalga oshirildi: Ulug‘bek Mirzayev bosh direktor, Ilhom Mo‘minjonov esa bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist