locale OZ

Rasman: Messi qatorasiga ikkinchi bor MLSda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Argentinalik yulduz bu borada rekord oʻrnatdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Messi qatorasiga ikkinchi bor MLSda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi ketma-ket ikkinchi bor MLS mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Argentinalik yulduz MLS tarixida ushbu sovrinni qatorasiga ikki yil qo‘lga kiritgan ilk futbolchi bo‘ldi. O‘tgan mavsumda u 49 ta o‘yinda 43 ta gol urdi va 26 ta golli uzatma berdi.

Shuningdek, Messi MLS tarixida ikki mavsum ketma-ket kamida 36 ta golga bevosita ta’sir qilgan (gol + assist) birinchi futbolchi hisoblanadi.

Pley-off bahslarida ham Messi rekord o‘rnatdi. O‘tgan mavsumda argentinalik hujumchi jamoasiga MLS Kubogini qo‘lga kiritishda muhim yordam bergandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting