Rasman: Messi — «Neom» futbolchisi
Tomonlar oʻrtasida 2026 yilning yoziga qadar moʻljallangan shartnoma imzolandi.
FOTO: Getty Images
Fransiyaning 18 yoshli vingeri Rayan Messi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi vakili «Neom» klubiga ko‘chib o‘tdi. Osiyo jamoasi matbuot xizmati «Strasburg» futbolchisining ijarasini rasman e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, Fransiya yoshlar terma jamoasi a’zosining ijara muddati 2026 yilning yoziga qadar davom etadi.
«Xush kelibsan, Rayan!» — deyiladi «Neom» klubining rasmiy bayonotida.
Rayan Messi 2024 yilning avgustidan buyon «Strasburg» sharafini himoya qilib kelmoqda. U 2025/2026 yilgi mavsumning birinchi qismini ijara asosida Liga 2 vakili — «Po» klubida o‘tkazdi.
Hujumkor yarimhimoyachi mamlakatning ikkinchi divizionida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘yishga ulgurgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist