locale OZ

Rasman. Messi «Inter Mayami» bilan shartnomasini uzaytirdi

38 yoshli hujumchining shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman. Messi "Inter Mayami" bilan shartnomasini uzaytirdi
ФОТО: Getty images

"Inter Mayami" futbol klubi hujumchi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.

OAV xabariga ko‘ra, 38 yoshli hujumchining shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Argentinalik futbolchining avvalgi shartnomasi 2025 yil 31 dekabrda yakuniga yetishi kerak edi.

Messi 2023-yil iyulidan beri “Inter Mayami”da o‘ynamoqda. Jamoa bilan argentinalik futbolchi Liga Kubogi (2023) va MLSning oddiy mavsumida (2024) g‘olib chiqdi. Messi avvalroq “Inter Mayami” uning faoliyatidagi so‘nggi klubi bo‘lishini aytgan edi.

Argentinalik futbolchi sakkizta “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. Argentina terma jamoasi bilan Messi JCH-2022, Amerika Kubogi (2021, 2024), Finalissima (2022) va Olimpiada (2008) g‘olibi bo‘lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting