Rasman! Mavsum oxirida “Everton”ni uch nafar futbolchi tark etadi
FOTO: Getty Images
“Everton” klubi joriy mavsum yakunida uch nafar futbolchisi bilan xayrlashadi. Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klubni Eshli Yang hamda darvozabonlar Asmir Begovich va Joau Virjinyalar tark etadi. Har uchala futbolchining shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.
Ma'lumot uchun, Eshli Yang joriy mavsum “Everton” safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi. Joau Virjinya 2 ta o'yinda qatnashdi. Asmir Begovich esa 20 ta o'yinda qaydnomaga kiritildi, biroq maydonga tushmadi.
Hozirda “Everton” Angliya Premyer-ligasining 36-turidan so'ng 42 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist