locale OZ

Rasman: Maskerano «Inter Mayami» bosh murabbiyligidan ketdi

Argentinalik mutaxassisning floridaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilga qadar moʻljallangan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Maskerano «Inter Mayami» bosh murabbiyligidan ketdi
FOTO: Getty Images

«Inter Mayami» bosh murabbiyi Xavyer Maskerano egallab turgan lavozimidan ketishga qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Xavyer Maskerano bosh murabbiy sifatidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. O‘z shtabi bilan birga «Inter Mayami» oilasining ajralmas qismiga aylangan va klubimizning ilk yulduzi (chempionligi) bilan nomi abadiy bog‘lanib qolgan chempion», — deyiladi «flamingo»lar bayonotida.

Argentinalik mutaxassis «Inter Mayami»ni 2025 yilning boshida qabul qilib olgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan edi. Maskerano qo‘l ostida jamoa MLS Kubogida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting