locale OZ

Rasman: «Marsel» De Zerbini isteʼfoga chiqardi

Tomonlar hamkorlikni muddatidan avval bekor qilishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Marsel» De Zerbini isteʼfoga chiqardi
FOTO: Getty Images

Italiyalik mutaxassis Roberto De Zerbi Fransiyaning «Marsel» klubi rahbariyati bilan hamkorlikni muddatidan avval to‘xtatishga kelishib oldi. Mazkur iste’fo Liga 1'ning 21-turi doirasida «PSJ»dan qabul qilingan yirik (0:5) mag‘lubiyatdan so‘ng e’lon qilindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Bu mavsum yakunidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tish va klub manfaatlarini ko‘zlagan holda, atroflicha muhokamalardan so‘ng qabul qilingan oson bo‘lmagan jamoaviy qarordir», — deyiladi provansalliklarning rasmiy bayonotida.

Ma’lumot uchun, Roberto De Zerbi «Marsel»ni 2024/2025 yilgi mavsum boshida qabul qilib olgan va debyut yilidayoq jamoani Fransiya chempionatida ikkinchi o‘ringa olib chiqqan edi. Biroq joriy mavsum klub uchun ancha omadsiz kechmoqda: 21-turdan so‘ng jamoa 39 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi pog‘onani band etib turibdi va peshqadamdan 12 ochko ortda qolmoqda.

Shuningdek, «Marsel» uchun Chempionlar Ligasidagi yurish ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. De Zerbi shogirdlari guruh bosqichida umumiy reytingda 25-o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasidan mahrum bo‘lishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting