locale OZ

Rasman: Marokash — Afrika Millatlar Kubogi chempioni

CAF final uchrashuvining soʻnggi daqiqalaridagi holat sabab Senegalga texnik magʻlubiyat yozdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Marokash — Afrika Millatlar Kubogi chempioni
FOTO: Getty Images

Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) rasmiy saytida Marokash va Senegal terma jamoalari o‘rtasidagi Afrika Millatlar Kubogi final uchrashuvi yuzasidan yakuniy qarorini e’lon qildi. Mazkur qarorga ko‘ra, Senegal terma jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozildi.

CAF Appelyatsiya kengashi musobaqa reglamentining 84-moddasiga asoslanib, 2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogi finalida Marokash foydasiga 3:0 hisobidagi g‘alabani tasdiqladi. Bu haqda konfederatsiyaning rasmiy bayonotida ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, hal qiluvchi bahsning 90+8-daqiqasida Brahim Diasga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun penalti belgilangach, Senegal terma jamoasi maydonni tark etgan edi. Oradan 13 daqiqa o‘tib o‘yin qayta tiklangan va uchrashuv senegalliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Biroq intizomiy qo‘mita o‘sha vaziyatdagi harakatlarni qoidabuzarlik deb topdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting