locale OZ

Rasman: Marko Roze «Bornmut» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Avvalroq Andoni Iraola jamoani tark etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Marko Roze «Bornmut» bosh murabbiyi etib tayinlandi
FOTO: Getty Images

Germaniyalik mutaxassis Marko Roze «Bornmut» jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati rasman e’lon qildi.

«Ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, yosh iqtidorlarni tarbiyalagan va Yevropaning bir qator yirik klublarida faoliyat yuritgan murabbiy “Bornmut”ga o‘tmoqda. Roze o‘zining serg‘ayrat uslubi, hujumkor futboli va yosh futbolchilarni rivojlantira olish qobiliyati bilan tanilgan. U Avstriya va Germaniyada ajoyib faoliyat olib borib, Bundesliga, UEFA Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi klublarini boshqargan», — deyiladi «Bornmut» rasmiy saytidagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoani ispaniyalik murabbiy Andoni Iraola tark etgan edi. U payshanba kuni, ya’ni 4 iyun sanasida «Liverpul» boshqaruvini qo‘lga oldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting