Rasman: Markes – Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi
"Barselona"ning sobiq himoyachisi Rafael Markes Meksika milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati rasman xabar berdi.
Xabarga ko'ra, 47 yoshli mutaxassis bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi.
Shu tariqa, Markes bu lavozimda 2024 yil iyulidan beri jamoani boshqarib kelgan Xavjer Agirrini almashtirdi.
Agirre rahbarligida Meksika terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/8 finaligacha yetib bordi. Jamoa ushbu bosqichda Angliyaga 3:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Shu bilan birga, Meksika terma jamoasi 40 yildan so'ng ilk bor Jahon chempionati pley-off bosqichida g'alaba qozonishga erishdi.
Rafael Markes futbolchilik faoliyati davomida 2003–2010 yillarda "Barselona" safida to'p tepgan. Bundan tashqari, u Meksikaning "Atlas" va "Leon", Fransiyaning "Monako", Italiya "Verona" hamda AQShning "Nyu-York Red Bullz" klublarida ham faoliyat yuritgan.