locale OZ

Rasman: Mark Giu “Chelsi”dan “RB Leypsig”ga o‘tdi

20 yoshli ispaniyalik futbolchi yangi jamoasi bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Rasman: Mark Giu “Chelsi”dan “RB Leypsig”ga o‘tdi
Foto: Getty Images

Germaniyaning “RB Leypsig” klubi “Chelsi” hujumchisi Mark Giu transferini rasman e’lon qildi. 20 yoshli ispaniyalik futbolchi yangi jamoasi bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Giu “RB Leypsig” safida 9-raqamli futbolkada harakat qiladi. Hujumchining so‘zlariga ko‘ra, nemis klubining yosh futbolchilarni rivojlantirishdagi tajribasi va yuqori maqsadlari uning qaroriga ta’sir qilgan.

Transferning rasmiy qiymati ma’lum qilinmagan. Biroq OAV ma’lumotlariga ko‘ra, “RB Leypsig” futbolchi uchun “Chelsi”ga 17 million yevro to‘lagan bo‘lishi mumkin. Giu London klubida barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, Mark Giu “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023-yilda kataloniyaliklar asosiy jamoasida debyut qilgan, 2024-yil yozida esa “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan. London klubi bilan UEFA Konferensiyalar ligasi va FIFA Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting