locale OZ

Rasman. Mark Gexi – «Manchester Siti» futbolchisi

Futbolchi klub bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman. Mark Gexi – «Manchester Siti» futbolchisi
Фото: Манчестер Сити

Angliyalik markaziy himoyachi Mark Gehi "Manchester Siti" bilan shartnoma imzoladi va "Kristal Pelas"dan o'tishini yakunladi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.

«Manchester Siti» 25 yoshli angliyalik futbolchining transferi uchun 23 million yevro to‘laydi. Futbolchi klub bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan.

O'tgan yozda himoyachi 40 million evro evaziga "Liverpul"ga o'tishga oz qoldi, biroq so'nggi daqiqada kelishuv barbod bo'ldi.

"Chelsi" yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Gehi 2021 yilning yozida 23 million evro evaziga "Kristal Pelas"ga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026-yilning 30-iyuniga qadar tuzilgan va Transfermarkt uning bozor narxini 55 million yevroga baholagan.

Joriy mavsumda Mark London klubi safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting